Hamkorlikning istiqbolli tomonlari muhokama qilindi

Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Jahangir Alam janoblari tashrif buyurdi. Uchrashuvda elchi Bangladesh Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarning so‘nggi yillardagi dinamikasiga alohida to‘xtalib o‘tib, ikki davlatning ta’lim sohasidagi aloqalarini ham rivojlantirish elchining O‘zbekistondagi asosiy missiyalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bois, O‘zMU va Bangladeshning Dhaka universiteti o‘rtasida xalqaro aloqalarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlik o‘rnatish, ya’ni bu borada yirik loyihalar amalga oshirlishini bildirib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuv davomida hamkorlikning istiqbolli tomonlari – O‘zbekiston Milliy universiteti va Dhaka universiteti o‘rtasida memorandum imzolash, professor-o’qituvchilarni o`quv jarayonida akademik almashinuv masalalari muhokama qilindi.

O’zMU Axborot xizmati