Hamkorlikning istiqbolli tomonlari muhokama qilindi

Bugun, 5-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga E2 Consulting & Media kompaniyasi direktori Egor Yablokov Borisovich hamda Minerva loyihasining strategik hamkorlik bo‘yicha direktori Maykl Karuana tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida Egor Yablokov Borisovich E2 Consulting & Media kompaniyasi haqida qisqacaha ma’lumot berdi. O‘z navbatida, Maykl Karuana ham Minerva loyihasining mazmuni, uning maqsadi va istiqboldagi rejalari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, mazkur loyiha texnologiyadan foydalangan holda ta’limni rivojlantirish va integratsiyalashishga qaratilgan. Mazkur dasturni axborot texnologiyalari va biotexnologiya kabi muayyan sohalarda yo’lga qo’yish haqida fikr yuritdi.
Shu bilan birga, uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo’llarini muhokama qildilar. Jumladan, reyting kompaniyalari bilan tadqiqot va hamkorlikni kuchaytirish orqali universitet maqomini jahon miqyosida rivojlantirish borasida ham so’z yuritildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar delegatsiya tomonidan taqdim etilgan istiqboldagi masalalarni muhokama qilish uchun navbatdagi uchrashuv haqida kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun: Minerva loyihasi 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, universitet va ishlab chiqarish o‘rtasidagi bo‘shliqni qisqartirish maqsadida o‘qitishni yangicha yondashuvda tashkil etgan ilk loyiha hisoblanadi. Hozirda Minerva universitetining San Fransisko (AQSh), Seul (Koreya Resp.), Taybe (Xitoy), Haydarobod (Pokiston) kabi bir qator davlatlarda o‘zining kampusiga ega.

O‘zMU Axborot xizmati