Hofstra universiteti

O‘zMUda AQSH universiteti professori bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetida AQSH Hofstra universiteti professori, tarix fanlari doktori, YUNESKOning “Jahon xotirasi” (Memory of the World) butunjahon noyob hujjatli merosni saqlash dasturining eksperti, sharqshunos olim, O‘zMU bitiruvchisi Elyor Karimov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu davra suhbatida professor Elyor Karimovning hayotiy yo‘li, uning sulolaviy tarixi, professorlar Olim Sharafuddinov, Erik Karimovlarning o‘zbek jadidchilik tadqiqotlariga qo‘shgan hissasi va o‘zbek olimlarining postjadidizm tadqiqotlari yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqida so‘z bordi.

Uchrashuvda Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.