O`zbekiston Milliy universitetida fanning turli sohalarida o`ziga xos tadqiqot tamoyillariga, usullariga ega bo`lgan 43 ta ilmiy maktablar yaratilgan bo`lib, bu ilmiy maktablarni yaratgan olimlar va ularning izdoshlari ilm-fanning yangi yo`nalishlariga asos soldilar, mamlakatimiz fani va ta`limi rivojiga munosib hissa qo`shdilar.
T.r | Ilmiy maktab nomi | Asoschisi |
1. | Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika | akademik Sirojiddinov Sa`di Xasanovich |
2. | Funktsional analiz ilmiy maktabi | akademik Sarimsoqov Toshmuhammad Alievich |
3. | Mexanika ilmiy maktabi | professor M. F. Shulgin |
4. | Differentsial tenglamalar ilmiy maktabi | akademiklar M.S.Salohiddinov va T.J.Jo`raev |
5. | Differentsial operatorlarning spektral nazariyasi ilmiy maktabi | akademik Sh.O.Alimov |
6. | Funktsiyalar nazariyasi ilmiy maktabi | akademik A.Sa`dullaev |
7. | Boshqaruv va differentsial o`yinlar nazariyasi ilmiy maktabi | akademik N.Yu.Satimov |
8. | Sinoptika ilmiy maktabi | professorlar V. A. Djordjio va V. A. Bugaev |
9. | Nazariy fizika ilmiy maktabi | akademik M.M.Musaxonov |
10. | Yadro va kosmik nurlar fizikasi ilmiy maktabi | akademik S.A.Azimov |
11. | Optika va spektroskopiya ilmiy maktabi | akademik P.Q.Habibullaev |
12. | Legirlangan kremniy fizikasi ilmiy maktabi | professor A.T.Teshaboev |
13. | Organik yarimo`tkazgichlar fizikasi ilmiy maktabi | professor M. A. Magrupov |
14. | Kvant radiofizikasi ilmiy maktabi | professor A.T.Mirzaev |
15. | Nochiziqli astrofizika va kosmogoniya ilmiy maktabi | professor S. N. Nuritdinov |
16. | Tabiiy birikmalar va bioorganik kimyo ilmiy maktabi | akademik O.S.Sodiqov |
17. | Yuqori molekulali birikmalar kimyosi ilmiy maktabi | akademik H.U.Usmonov |
18. | Kolloid kimyosi ilmiy maktabi | akademik K.S.Ahmedov |
19. | Aromatik birikmalarni alkillash va atsillash reaktsiyalari ilmiy maktabi | akademik I.P.Tsukervanik |
20. | Analitik kimyo ilmiy maktabi | akademik Sh.T.Tolipov |
21. | Koordinatsion birikmalar kimyosi ilmiy maktabi | akademik N.A.Parpiev |
22. | Makrotsikllar kimyosi ilmiy maktabi | professor A.K.Toshmuhamedova |
23. | Umurtqalilar zoologiyasi ilmiy maktabi | akademik T.Z.Zohidov |
24. | Biokimyo ilmiy maktabi | akademik Yu.X.To`raqulov |
25. | G`o`za genetikasi ilmiy maktabi | akademik J. A. Musaev |
26. | Biofizika ilmiy maktabi | akademik B.O.Toshmuhamedov |
27. | Genetik mineralogiya va geokimyo ilmiy maktabi | akademik A.S.Uklonskiy |
28. | O`rta Osiyo litologiya va formatsiya ilmiy maktabi | akademik V. I. Popov |
29. | O`zbekiston gidrogeologiyasi ilmiy maktabi | professor O.K.Lange |
30. | Magmatizm va geodinamika-petrologiya ilmiy maktabi | akademik H.M.Abdullaev |
31. | O`zbekiston mikro va nanomineralogiyasi ilmiy maktabi | professor R.I.Koneev |
32. | Tabiiy geografiya – landshaftshunoslik ilmiy maktabi | professor L.N.Babushkin |
33. | O`zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi ilmiy maktabi | professor Z. M. Akramov |
34. | Toshkent tog`li hududlar gidrologiyasi ilmiy maktabi | professor V.L.Shults |
35. | O`zbek adabiy tanqidchiligi ilmiy maktabi | professor O.O.Sharafiddinov |
36. | O`zbek tilshunosligi ilmiy maktabi | professor A.G`ulomov |
37. | O`zbek mumtoz adabiyotini o`rganish ilmiy maktabi | professor G`.Karimov |
38. | Jadidchilik va jadid adabiyoti ilmiy maktabi | professor B.Qosimov |
39. | O`rta Osiyo arxeologiyasi ilmiy maktabi | akademik M.Masson |
40. | Millatlararo munosabatlar va bag`rikenglik tarixi ilmiy maktabi | professor R.H.Murtazaeva |
41. | Madaniyat falsafasi ilmiy maktabi | professor A. Ayupov |
42. | Hamkorlik va boshqarish psixologiyasi ilmiy maktabi | professor E. G`oziev |
43. | O`zbek tarjimashunosligi ilmiy maktabi | professor G`. Salomov |