Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ular orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O’zMU talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning universitet bosqichi 8-aprelda bo‘lib, unda har bir fakultetdan bitta jamoa ishtirok etishi mumkin. 6 nafar ishtirokchidan iborat jamoa shakllantiriladi.
Jamoalardan 30 daqiqa ichida 50 ta testni to‘g‘ri yechishi talab etiladi. Savollarga eng ko‘p (birinchilardan bo‘lib) javob topgan jamoa g‘olib hisoblanadi hamda tanlovning mintaqaviy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Tanlovda 1-3-o‘ringa munosib deb topilgan jamoalarning har bir a’zosi bazaviy stipendiya miqdorining bir barobaridan uch barobari miqdorigacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar o‘z fakultetidagi yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosariga yoki universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limiga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zMU Axborot xizmati