O‘zaro erishilgan kelishuvga muvofiq, joriy yilning 21-dekabr kuni Koreya Respublikasi Demokratik partiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili, Kukkivon universiteti professori Vu Hyon Li O‘zbekiston Milliy universitetining Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talaba-yoshlariga ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borish maqsadida universitetga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy universiteti rektori qabulida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona muloqot o‘rnatilganligi, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanayotganligi hamda ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani taʼkidlandi. Bunga ikki davlat prezidentlari sammiti yaqqol dalil bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, O’zbekiston Milliy universiteti rektor Inom Madjidov universitet uchun Koreya universitetlari bilan hamkorlik alohida o‘rin tutishini bildirib, Koreya Respublikasining Seul Milliy universiteti, Inha, Hankuk, Yong In va yana ko‘plab universitetlar bilan faol hamkorlik olib borilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati to‘g‘risida fikr almashdilar, shuningdek, tegishli sohalarda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. O‘z navbatida, Koreya Respublikasi Demokratik partiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili, professor Vu Hyon Li O‘zMUning Koreya universtitetlari va siyosiy partiyalari bilan hamkorlik o’rnatishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuvdan so’ng Koreya Respublikasi Demokratik partiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili, Kukkivon universiteti professori Vu Hyon Li hamda Taekvondo va sport faoliyati fakulteti professori Bayok Mun Jonglar Taekvondo va sport faoliyati fakultetida tahsil olayotgan talabalarga ma’ruza mashg’ulotini olib bordilar. Ma’ruza mashg’uloti yakunida mehmon Vu Hyon Li tomonidan sport sohasidagi o’zaro hamkorlik doirasida Taekvondo (WT) sport turini har tomonlama rivojlantirish uchun Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talaba-yoshlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida taekvondo sport turiga mo’ljallangan maxsus kiyim-kechaklar taqdim etildi.
O’zMU Axborot xizmati