Kuni kecha, 10-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida «Koronavirus COVID-19, biologiyasi, etiologiyasi va fiziologiyasi» mavzusida xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya ikkinchi marotaba o‘tkaziladi.
Mazkur anjuman O‘zMU Biologiya fakulteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi tashkilotchiligida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi o‘z vaqtida insoniyat uchun dolzarb muammoga aylangan, butun dunyoda pandemiya yuzaga keltirgan COVID-19 kasalligining biologiyasi, etiologiyasi va fiziologiyasi borasidagi mavjud ma’lumotlarni halqaro ilmiy hamjamiyat oldida tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
Anjuman yosh tadqiqotchilar, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchi, doktorant va magistrlar uchun ilmiy salohiyatni, tajribani oshiruvchi muhit vazifasini o‘tadi.
Anjuman doirasida O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 borasidagi ilmiy faoliyatda erishilgan salmoqli natijalar halqaro miqyosda muhokama etildi, targ‘ib qilindi va shu sohani yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqildi.
Konferensiyada 20 ga yaqin xorijiy mamlakatlar (AQSH, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Vena, Chexiya) olimlari, akademiklar, professorlar ishtirok etdi. 80 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar taqdimot qilindi.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan konferensiya materiallari “Infeksiya, immunitet va farmakologiya” jurnalida va to‘plam shaklida chop etildi.