Minskda O‘zbekiston va Belarus OTMlari rektorlari o’rtasida hamkorlik uchrashuvlari o’tkazildi

Bugun, 29-aprel kuni Belarus Respublikasining Minsk shahrida Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional taʼlim forumi oʻz ishini boshladi.

3 kun davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan mazkur forumda Oʻzbekiston delegasiyasi tarkibida OʻzMU rektori, professor Inom Madjidov ham ishtirok etmoqda.

Ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari vakillari kelgusida koʻp tarmoqli faol hamkorlikni amalga oshirish, akademik mobillik, oliy va professional ta’lim, madaniyat sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi faoliyatni amalga oshirish yuzasidan muzokara olib borishdi.

Forumning ilk kunida rektorlar I.Madjidov va V.Bogatiryova Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Vitebsk davlat universiteti oʻrtasida fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik yuzasidan yoʻl xaritasini imzolashdi.

O’zMU Axborot xizmati