Munosabat

2022-yilning 14-mart kuni ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilgan video holat yuzasidan quyidagini maʼlum qilamiz:
Universitetga qarashli 14-sonli talabalar turar joyi talabalari yomg‘ir yog‘ib turgan jarayonda Toshkent Davlat politexnika universitetiga qarashli 91-sonli talabalar turar joyi talabalari bir paytning o‘zida emotsional holatlarni aks ettiruvchi xatti-harakatlarni sodir etgan. Bu jarayon universitet masʼul xodimlari tomonidan 3-5 daqiqa ichida bartaraf etilgan. Holat yuzasidan universitet masʼul xodimlari va universitetga biriktirilgan profilaktika inspektori tomonidan talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘zMU Axborot xizmati