Maʼlumki, Oʻzbekiston Milliy universiteti soʻnggi yillarda akademik mobillik dasturi doirasida qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Nafaqat Markaziy Osiyo, balki Yevropa mamlakatlari talabalari 1 semestr davomida Oʻzbekiston Milliy universitetidagi turli yoʻnalish va mutaxassisliklarda tahsil olish uchun tashrif buyurmoqdalar.
Kuni kecha Belgiyaning Mons universitetidan talab qabul qilingan boʻlsa, bugun Qirgʻizistonning Oʻsh universitetidan 20 nafar talabalar Oʻzbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya, Biologiya, Fizika, Iqtisod hamda Jurnalistika fakultetlarida akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olish uchun tashrif buyurdilar.
Ularni Xalqaro aolqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova hamda Xorijiy talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Diyora Islomovalar qabul qildi. Talabalarga Oʻzbekiston Milliy universitetining tarixi, xalqaro va respublika miqyosidagi erishilgan yutuqlar hamda universitetda xorijiy talabalarga yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida gapirildi.
Uchrashuv soʻngida talabalar fakultet masʼullari bilan fakultetlarga kuzatildi.
Xalqaro aloqalar bo’limi