Oʻzbekiston Milliy universiteti ochiq stadionida ijodiy (kasbiy) imtihonlarning 9-kuni.

Bugun, 9-avgust kuni OʻzMU Sport faoliyati: dzyudo yoʻnalishi boʻyicha kasbiy imtihonlar oʻtkazilmoqda.

Ayni damda abituriyentlar erkaklar 800 metrga, ayollar 400 metrga yugurish va uzunlikka sakrash normativlarini topshirishmoqda.

Imtihon jarayonlarini adolatli, ochiq va shaffof o‘tkazilayotganini kuzatish uchun keng jamoatchilik, Xalq deputatlari, vazirlik mas’ul xodimlari hamda jamoatchilik kengashi ishtirok etmoqda. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

Imtihon o‘tkaziladigan hududlar to‘liq kamera kuzatuvi ostida.

Jarayonlarni toʻgʻridan-toʻgʻri jonli kuzatib boring
https://live.nuu.uz