OʻzMU professori Germaniyadagi universitetda malaka oshirmoqda

Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nilufar Abdurahmonova Germaniyaning Kyoln universiteti (1000 talik universitetga kiruvchi) Raqamli ijtimoy-gumanitar fanlar institutida Korpus texnologoyasi bo’yicha malaka oshirmoqda.

Ayni vaqtda olima “Paratranslator — parallel korpusga asoslangan kontekstologik tarjima lug’at platformasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida sohaga doir innovatsion texnologiyalar, metodlar hamda yondashuvlar bo’yicha tajriba almashmoqda.