Oʼzbekiston Milliy Universitetining professor-oʼqituvchilari, oʼquv-yordamchi va ishchi xodimlari Talabalar shaharchasi, 32-oilaviy poliklinikada koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanmoqda. Hurmatli professor-oʼqituvchilar, oʼquv-yordamchi hodimlar va talabalar, 2021/2022 oʼquv yilida anʼanaviy dars mashgʼulotlarida bevosita ishtirok etishingiz uchun koronavirusga qarshi vaktsina olishingiz zarurligi toʼgʼrisida ogohlantiramiz!
Maʼlumot uchun: Emlash jarayonlari ertaga xam soat 8:30 dan 14:00 ga qadar davom etadi. (vaktsina turi-Moderna)
OʼzMU Аxborot xizmati