Oʼzbekiston Milliy Universitetida joriy yilning 21 iyunь kuni YuNESKO ishlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʼzbekiston Milliy universiteti hamkorligida “Oliy taʼlim va ilm-fan: tanqidiy tahlil va siyosiy yondashuv” mavzusidagi onlayn-uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Tadbirni OʼzMU Xalqaro aloqalar boʼyichap prorektor Raima Shirinova ochib berdi. Tadbirda YuNESKO ishlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari va yosh olimlari, Oʼzbekiston Milliy universitetining tadqiqotchilari va yosh olimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida oliy taʼlimdagi islohotlar, ilm-fanni rivojlantirish, oliy taʼlim muassasalarini xalqaro hamkorlikdagi ishlar nufuzini oshirish, fundamental fanlarni rivojlantirish yuzasidan maʼruzalar tinglandi va ishtirokchilar oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Keyingi oʼtkaziladigan seminarda muammolar yechimi borasida taklif bildirildi.
Raima Shirinova
OʼzMU Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor