O‘zbek-qirg‘iz jurnalist-olimlari ilmiy va ijodiy hamkorlikni izchil davom ettiradilar

O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti talabalari bugun Qirg‘izistonning O‘sh mamlakat universiteti qirg‘iz filologiyasi va jurnalistika fakulteti dekani Nurmamat Turg‘anboyevning «Zamonaviy jurnalistika: xalqaro va milliy tajibalar uyg‘unligi», “Qirg‘iz-o‘zbek so‘zlaridagi hamohang mazmundorlik”, mazkur fakultet Jurnalistika kafedrasi dotsenti Chinora Abdiyevaning “OAV va ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist mahorati”, “O‘shMU va O‘zMU o‘rtasidagi ilmiy-ijodiy hamkorlik samarasi: talabalar almashinuvi istiqbollari” mavzuidagi ma’ruzalarini katta qiziqish bilan tingladilar.

Talabalarning bu mavzuda qiziqtirgan barcha savollariga xorijlik professor-o‘qituvchilar atroflicha javob berdilar.