O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida do‘stlik festivali tashkil etildi.

Unda Biologiya fakulteti dekani, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, o‘zbek, qozoq, turkman, rus va qoraqalpoq millatiga mansub talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida talabalarga ma’lumot berildi.

Festivalda talabalar tomonidan xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash g‘oyasi asosida tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi.