O'zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti o'qituvchilari Skorina nomidagi Gomel davlat universitetida


2024 yil 15-20 aprel kunlari «O’zbekiston-Belarus» qo’shma ilmiy loyihasi doirasida O’zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti o’qituvchilari: kafedra mudiri A. Nasirov, dotsent P. Parchinskiy va ilmiy xodim A. Gazizulina Fransiska Skorina nomidagi Gomel davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Ilmiy safar doirasida Gomel davlat universiteti rektori va Belarus tomonidan ilmiy loyiha rahbari professor A. S. Xaxomov, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor D. L. Kovalenko, dotsentlar V.E.Geyshun va A.V.Semchenko bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Olingan natijalar va xamkorlikdagi ilmiy ishlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.







Xalqaro aloqalar bo’limi