O’zbekiston Milliy universiteti Turkiyaning ko‘plab oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Istanbul, Anqara kabi nufuzli universitetlari bilan maqsadli hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universitetining delegatsiyasi Turkiyaning Anqara universitetiga ikki universitet o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirgan xizmat safarlari ikki mamlakat oliy ta’limi do‘stona munosabatlarining isbotidir.
Ayni damda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri, professor Muhabbat Qurbonova va “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi o’qituvchisi Namoz Rasulov Anqara universiteti talaba-yoshlariga ma’ruza o’tmoqda.