O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi ishtirokchilari Xitoy xorijiy tillar almashinuvi va hamkorlik markaziga tashrif buyurdilar

Markaz faoliyati to‘g‘risidagi taqdimotdan so‘ng xitoy tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan ikki OTM — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda O‘zbekiston jahon tillari universiteti rektorlari sohada amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari markaz huzurida tashkil etilgan badiiy-texnologik ko‘rgazma bilan tanishdilar.