O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida O‘zMU tomonidan bir qator muhim hamkorlik hujjatlari imzolandi


Ayni kunlarda Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim Forumida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda bir qator Xitoy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Jumladan, Dalian axborot texnologiyalari universiteti (NEUSOFT) bilan akademik va ilmiy hamkorlik to‘g‘risida hamkorlik bitimi, Xitoy Xalq universiteti bilan talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma, Pekin pedagogika universiteti bilan professor-o‘qituvchilar akademik mobilligini oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.