Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish bo‘yicha Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi mahallalarda bo‘lib, u yerda istiqomat qiladigan yoshlar bilan uchrashdi.
Rektor “Hastimom” MFYda yashovchi fuqaro xonadoniga qurilish-ta’mirlash ishlari uchun berilgan yordam va uning natijasi o‘laroq amalga oshirilgan ishlar hamda ayni vaqtdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, “Miskin” MFYda istiqomat qiluvchi yoshlarga tikuv mashinalari sovg‘a qildi.