Bugun, 30-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Ozarbayjon texnika universiteti rektori Vilayat Valiyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Dastlab uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida o‘quv, ilmiy va xalqaro yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatish borasida fikr almashildi. Xususan, talabalar almashinuvi va xalqaro stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish kabi masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv nihoyasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar turli yo‘nalishlardagi hamkorlikni soha prorektorlari va tegishli mutaxassislar orqali bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib oldilar.