27-dekabr kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlariga tantanali ravishda topshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidovning hududlarda turizm salohiyatini oshirish va ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlashdagi samarali faoliyati e’tirof etilib, ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.