O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847 son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma va kelishuvga asosan joriy yil 25-yanvardan 6-fevralga qadar Moskva Davlat universitetining 2 nafar professor-o‘qituvchilari, 7 nafar doktoranti, magistr talabalari tomonidan O‘zbekiston Milliy universitetida ilmiy tadqiqot, o‘quv- dala amaliyoti va seminar-treninglar o’tkazilmoqda. Dastlabki kundan boshlab Toshkent shahri va atrofi landshaftlarining iqlim o‘zgarishlari va muhandislik inshootlari ta’sirida o’zgarishi, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanishdagi mavjud va kutiladigan xatarlar o’rganildi. Mazkur hamkorlikda O‘zbekiston Milliy universitetida ikki oliy ta’lim muassasalari olimlari, soha mutaxassislari, doktorantlari, magistrantlari uchun ilmiy-tadqiqot, oʼquv-dala amaliyoti masalalariga bagʼishlangan davra suhbati va maxsus seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda ishtirokchilar amaliyot yuzasidan fikr-mulohazalar almashishdi. Ikki hafta mobaynida Moskva davlat universiteti talabalari Boʼstonliq tumanida oʼz ilmiy tadqiqotlari yuzasidan natijalar olish, tengdoshlari bilan ilmiy loyihalar yozish boʼyicha yaqindan hamkorlik qilmoqdalar.
O‘zMU Axborot xizmati