O‘zMUning bir guruh mas’ul va mutaxassislari Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tdbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son Qarori hamda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-apreldagi 3/40-24/04-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida joriy yilning 27-aprel kuni Universitetning til, adabiyot va xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislari Jizzax viloyati Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi. 

Tashrifda ijod maktabi rahbariyati hamda til, adabiyot va xorijiy tillar yoʻnalishlari oʻqituvchilari ishtirok etishdi. 

Tadbirda Universitetda hurmat qozongan va e’tiborga ega yetuk professor-o’qituvchilar bilan mahorat darslarini tashkil etish, Ijod maktabi oʻqituvchilarini «Ustoz-shogird» yoʻnalishida Universitet professor-oʻqituvchilariga biriktirish, Ijod maktabida «Yosh tarjimonlar» va «Matnshunoslik» klublarini tashkil etish, xorijiy til va adabiyotga qiziqadigan ijodkor o’quvchilarni saralash hamda ularga uslubiy-amaliy yordam ko’rsatish, ijod  maktabida manaviy, ma’rifiy va ijodiy kechalarni uyushtirish, ijod maktabi jamoasini universitetda o’tkaziladigan Xalqaro anjumanlar, konferensiyalar, ko’rik-tanlovlarga jalb etish kabi ishlar yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi. 

Shuningdek, 2024-yil may-iyun oylarida bajariladigan ishlar va chora tadbirlar kelishib olindi.