Oʻzbekiston Milliy universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni boshlandi.
Bugun, 1-avgust kuni kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha Jurnalistika: internet jurnalistikasi, Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositasi jurnalistikasi, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishlariga dastlabki kasbiy imtihon o‘tkazilmoqda.