«Qalqon» jamoatchilik guruhi a’zolariga xizmat guvohnomalari topshirildi

O’zbekiston Milliy universitetida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Alisher Abdulhaqov, Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakili, podpolkovnik Baxtiyor Yaxshiyev ishtirokida unversitetning bir guruh ko’ngilli talabalaridan tashkil topgan «Qalqon» jamoatchilik guruhi a’zolariga xizmat guvohnomalari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, universitet talabalari orasidan saralab olingan “Qalqon” guruhining 60 nafar ko‘ngilli yoshlari universitet va yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlashga, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga koʻmaklashish bo’yicha profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam berib kelmoqdalar.