O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek-Qozon qo‘shma taʼlim dasturi doirasida Qozon Federal universitetidan professor-o’qituvchilar delegatsiyasi O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko’zlangan maqsad “Geodeziya va geoinformatika” taʼlim yo’nalishi talabalariga mutaxassislik fanlaridan an’anaviy shaklda maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, bitiruv malakaviy ishlari mavzularini ko‘rib chiqishdan iborat. Shuningdek, talabalarga Qozon Federal universiteti Boshqaruv, iqtisod va moliya instituti Geografiya va kartografiya kafedrasi professori, geografiya fanlari doktori Panasyuk Mixail, Geografiya va kartografiya kafedrasi mudiri, geografiya fanlari nomzodi Pudovik Yelena hamda kafedra assistenti Shaymardanova Valeriyalar tomonidan “Geoinformatika”, “Geoinformatsion tizimlar», “Geoinformatsion xaritalash”, “Landshaftli xaritalash”, “Iqtisodiyot va boshqaruvda geoinformatsion texnologiyalar”, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanlaridan maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tdilar.
O’zMU Axborot xizmati