O‘zbekiston Milliy universitetiga M.V.Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti prezidenti, Moskva davlat universiteti “Hisoblash metodlari” kafedrasi mudiri, akademik Boris Chetverushkin hamda instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Rossiya FA muxbir a’zosi Aleksandr Aptekarevlar tashrif buyurdi.
Ushbu olimlar bilan Matematika hamda Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakultetlari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va magistrlar ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda akademik B.Chetverushkinning “Tutash muhitlar mexanikasi masalalarini o‘ta yuqori tezlikli hisoblash sistemalarida modellashtirish (superkompyuter)” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida kelajakda amalga oshiriladigan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.