Selaxaddin Xalilovning jahon falsafasini rivojlantirishdagi roli

2022-yilning 18-fevral kuni Turkiyaning Uskudar universitetida “Selaxaddin Xalilov va turkiy xalqlar falsafasi” mavzuida xalqaro konferensiya o’tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va maʼnaviyat asoslari” kafedrasi mudiri, professor Nigina Shermuxamedova “Selaxaddin Xalilovning jahon falsafasini rivojlantirishdagi roli” mavzuidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, anjumanda Rossiya, Italiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston faylasuflari ham ishtirok etdi. Konferensiyada Selaxaddin Xalilovning zamonaviy falsafaning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, turkiy davlatlarning falsafa taʼlimini rivojlantirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘ularini singdirishning takomillashgan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqishning zarurligi muhokama qilindi.
Anjuman yakunida xorijiy va milliy faylasuflar tomonidan joriy yilning may oyida turkiy davlatlar faylasuflarining simpoziumini o‘tkazishga qaror qabul qilindi.

O’zMU Axborot xizmati