Sport yoshlarni birlashtiradi!

“Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar oyligi doirasida unutilmas sport haftaligi bo‘lib o‘tdi. Sport haftaligi doirasida yoshlar o‘rtasida sportning futzal, bouling, stol tennisi va voleybol turlaridan musobaqalar tashkil etildi. Har bir o‘tkazilgan musobaqada, yoshlar chinakamiga o‘z shijoat va g‘ayratlarini namoyon etishdi.
Ushbu sport haftaligida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlari faol ishtirok etib, futzal sport musobaqasida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti jamoasi 32 nafar futzalchilardan iborat terma jamoalari orasida faxrli 2-o‘rinni egallab, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlanadilar.

O’zMU Axborot xizmati