O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining navbatdagi majlisida 2023/2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovi g‘olibi bo‘lgan talabalar hamda ularning ilmiy rahbarlari taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zMU stipendiatlar soni bo‘yicha respublika OTMlari ichida eng yaxshi natijani qayd etdi. 2023/2024-o‘quv yili uchun universitetimizning 20 nafar talabasi stipendiat bo‘ldi.
Jumladan, 4 nafar talaba (3 nafar magistr, 1 nafar bakalavr) – Prezident stipendiyasi sohibi, 16 nafar bakalavriat bosqichi talabalari – (Islom Karimov, Ulug‘bek, Navoiy, Beruniy, Bobur) nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldilar.
Stipendiat talabalarimiz va ularning ilmiy rahbarlarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.