Mamlakatimizda yoshlarga ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan barkamol boʼlib voyaga yetishi, oʼz imkoniyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar tizimli ravishda yaratib berilmoqda.Аytish joizki, Oʼzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Quvnoqlar va zukkolar koʼrik tanlovi ham shular jumlasidan. Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan cheklovlarga qaramasdan, joriy yilning 11-22 mart sanalari oraligʼida boʼlib oʼtgan festivalda jamoalar orasidan bu yilgi mavsumda Ligalar uchun eng sara deb topilgan 80 taga yaqin jamoa tanlab olinib, ularga yuqori reyting natijasi berilgan edi.Oʼzbekistonning “Tashkent siti” jamoasi mazkur reytingdan joy olgan.
Rossiyaning Sochi shahrida oʼtkazilishi anʼanaga aylanib ulgurgan, bu yil 32-bor tashkil etilgan bu yilgi festivalь 2000 ga yaqin ijodkor yoshlarni birlashtirgan Xalqaro KVN-2021 festivaliga15 dan ortiq mamlakatdan jami 500 ga yaqin jamoa tashrif buyurdi.
Oʼtgan yili “Tashkent siti” nomli Oʼzbekiston terma jamoasi Markaziy Liga (Podmoskovьe)da ishtirok etgan boʼlsa, bu yil avval xabar berilganidek, eng faol yoshlardan iborat boʼlgan Oʼzbekiston terma jamoasi mart oyida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida boʼlib oʼtgan Xalqaro KVN Аssotsiatsiyasining festivalida ishtirok etib, Xalqaro KVN Ligasida ishtirok etish xuquqini qoʼlga kiritgan edi.
Joriy yilning 13 may kuni RossiyaFederatsiyasining Smolensk shahrida ushbu Liganing 1/8 yaʼni nimchorak final bosqichi bellashuvlari boʼlib oʼtdi. Ushbu bellashuvda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, 3 ta Rossiya jamoasi, Belarus, Ukraina jamoalari hamda Oʼzbekiston terma jamoasi.
«AKFA GROUP» kompaniyasi homiyligidagi“Tashkent siti” jamoasi1/8 final nimchorak bosqichida 1-oʼrinni egallab,keyingi 1/4 bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi. Jamoa sentyabr oyida boʼlib oʼtadigan chorak final bellashuvlarida xalqaro KVN Ligasining yaqqol koloriti sifatida ishtirok etadi.
Jamoa aʼzolariga omad tilagan holda, yoshlarimiz bu sohada ham hech kimdan kam emasliklarini isbotlay olishiga umid qilib qolamiz.