TA’LIM TIZIMIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR: UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASASI – UNIVERSITETGACHA O’QITISH – OLIY TA’LIM MUASSASASI

2022-yilning 17-fevral kuni Ukrainaning Kiyev aviasozlik davlat universitetida professor L.A.Laxtionovaning tashabbusi bilan Italiya, Latviya, Litva, Gruziya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Pokiston, Eron, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va boshqa davlatlar oliy taʼlim muassasalari olimlari bilan hamkorlikda “TA’LIM TIZIMIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR: UMUMIY O’RTA TA’LIM MUASSASASI – UNIVERSITETGACHA O’QITISH – OLIY TA’LIM MUASSASASI” (ACTUAL PROBLEMS IN THE SYSTEM OF EDUCATION: GENERAL SECONDARY EDUCATION INSTITUTION – PRE-UNIVERSITY TRAINING – HIGHER EDUCATION INSTITUTION) mavzuida VIII xalqaro konferensiya o’tkazildi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va maʼnaviyat asoslari”kafedrasi mudiri, professor Nigina Shermuxamedova “INTERRELATION OF PHILOSOPHY AND THE HUMANIZATION OF EDUCATION” mavzuida O‘zbekistonda oliy taʼlim tizimidagi islohotlarning yo’nalishlari bo‘yicha maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

O’zMU Axborot xizmati