Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab “Women’s Chess Championship” 1-xalqaro turniri bo’lib o’tdi.

Turnirning ikki guruhida dunyoning 10 mamlakatidan 100 nafardan ortiq shaxmatchilar ishtirok etdi.

Unda Amaliy Matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 4-bosqich talabasi Nilufar Yoqubboyeva faxrli 2-o‘rinni qo’lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.