«Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostidagi dastur doirasida Jurnalistika fakulteti “Audiovizual va internet jurnalistika” kafedrasining professor-o’qituvchilari Olmazor tumanidagi «Quyosh» MFY hududida joylashgan 46-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Maktabning bitiruvchi 11-sinf o’quvchilari bilan bo’lib o’tgan davra suhbatida o’quvchilarning qiziqishlari, kelajakda o’z oldilariga qo’ygan maqsad va vazifalari haqida fikr almashildi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savol, taklif va mulohazalar bilan o’rtoqlashdilar.
Suhbat davomida professor Yoqutxon Mamatova yurtni sevish, vatanga sadoqat, uni ardoqlash va mavjud kamchiliklarni tuzatish uchun bir tan-u bir jon bo’lib harakat qilish haqida yoshlarga ma’ruza qildi. Kelajak kasblari va ularning istiqbollari haqida o’z fikrlarini bildirdi.
Bilimi va salohiyatini yanada charxlab borgan holda o’quvchilarga O‘zbekiston Milliy universitetiga o’qishga topshirish tavsiya etildi.