O‘zbekiston Milliy universitetida ma’muriyat hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2023 yildagi ijrosiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferesiyada fakultetlar va bo‘limlarda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar tarkibidan saylangan delegatlar hamda taklif qilingan ish beruvchi va kasaba uyushmasining vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, konferensiya ishida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Mahmud Boboyorov hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi bosh mutaxassisi Marat Ibragimovlar ham bevosita qatnashdi.
Konferensiya ishida Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi yuzasidan Ish beruvchi va Kasaba uyushma qo‘mitasining hisobotlari hamda tekshiruv Dalolatnomasi tinglandi va bir ovozdan tasdiqlandi. Hisobotlar va ma’ruzalardan keyin so‘zga chiquvchilarning fikr va mulohazalari eshitildi. Savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi. Shundan so‘ng bir ovozdan Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur Jamoa shartnomasi O‘zbekiston Milliy universiteti mehnat jamoasining 2022-yil 31-martdagi Konferensiyasining 2-sonli Bayonnomasi bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi yangi tahrirda qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti mehnat jamoasining 2023-yil 30-maydagi Konferensiyasining 3-sonli Bayonnomasi bilan unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan.
Jamoa shartnomasi 16 ta bo‘limdan va 9 ta ilovadan iborat.
O’zMU Axborot xizmati