Akademik yoshlar uchrashuvi

Bugun, 19-mart kuni Kimyo fakultetida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi   Biorganika instituti direktori, akademik Abbosxon To’rayev va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Unda Abbosxon To’rayevning ilmiy faoliyati, olib borgan ilmiy tadqiqotlari va ularning natijalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Akademik universitetning talaba-yoshlari va yosh tadqiqotchilariga o‘zining tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ular tomondan berilgan savollarga batafsil javob berdilar.