Koreyaning Andong universiteti vakillari OʻzMUga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolarini Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova boshchiligidagi OʻzMU xodimlari kutib olishdi. Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad ikki nufuzli muassasa oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tadqiqot, talabalar almashinuvi va akademik hamkorlik yoʻnalishlarida hamkorlik qilish hisoblanadi.
Tashrif davomida Andong universiteti tomonidan tashkil etilgan Global Kapston loyihasi boʻyicha OʻzMUning Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika fakultetlari talabalarining Koreyada Media va madaniyatlar almashinuvi doirasida oʻrganishlar olib borishlari boʻyicha takliflar berib oʻtildi.
Xalqaro aloqalar bo’limi