O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida «Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik» kafedrasi tashabbusi bilan «Adult students’ world language, literacy and culture learning in a nonformal setting» mavzusida bitiruvchi talabalar uchun seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningni AQShning Vayoming universiteti qoshida «Jahon tillari va madaniyati» markaziga asos solgan va unda o’zbek tili va madaniyatini targ‘ib etib kelayotgan gumanitar fanlari doktori, ta’lim sohasida ish yurituvchi mutaxassis Dilnoza Hosilova olib bordi. Dilnoza Hosilova seminar-treningda talabalarga ingliz va boshqa tillarni qanday o‘qitish to‘g‘risida juda qiziq va muhim ma’lumotlarni berdi. Har bir ishtirokchi o’z g‘oyalari bilan til o’qitishda uchraydigan qiyinchilik va muammolarni bartaraf etish haqida zarur metodlar borasida o’zaro fikrlar almashilindi. Mazkur tadbir bitiruvchi kurs talabalarida o’zgacha taassurot qoldirdi.
O’zMU Axborot xizmati