O‘zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakultetida xotin-qizlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir ibratli tadbir bo‘lib o‘tdi. Universitet Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Rustamova Ra‘no Parpiyevna, Xorijiy filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o’rinbosari Axrorova Fotima Bahramovna hamda fakultet tyutorlari tomonidan «Bahor malikalari» qizlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov qizg’in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Tanlov so’nggida g‘oliblikni qo’lga kiritgan talaba-qizlar faxriy diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Saranjom, sarishta va orasta talaba-qizlarni yuksak o’rinlarni zabt etganlari bilan tabriklaymiz. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarning ibratli tadbirlari bardavom bo‘lsin. Zero, talaba-qizlarimiz ertangi kunimiz bunyodkori va kelajak avlod tarbiyachisidirlar!
O’zMU Axborot xizmati