Bebaho kitoblar — ma’rifatning bosh manbai

O‘zbekiston Milliy universiteti sobiq talabasi, xalqaro jurnalist Laziz Rahmatov jurnalistika fakulteti talabalari uchun 100 ga yaqin yangi kitoblarni tuhfa etdi.

Gʻafur Gʻulom nashriyotida chop etilgan adabiyotlar orasida milliy yozuvchi shoirlarimizning turli badiiy adabiyotlari va she’riy to‘plamlari, dars jarayonlari uchun foydali qo‘llanmalar, turli xorijiy adiblarning tarjima asarlari mavjud. Ushbu mualliflarning aksariyati turli yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan ziyolilar ekani esa e’tiborga sazovordir.

Ma’rifat va ziyo ulashishdek ezgu ishlarga bosh qo‘shgan xayrixoh do’stlarimizga universitet jamoasi nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz.