25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni hamda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun» aksiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-noyabr 6/18-39-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti , “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi hamda Toshkent shahar Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va zo‘rovonlikni oldini olish” va “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zMU XQK raisi R.P.Rustamova, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Mallabaev, Olmazor tumani IIO FMB XPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari: podpolkovnik S.SH.Melieva, podpolkovnik M.U.Anarbaeva, podpolkovnik P.O.Taymuratova, podpolkovnik SH.Mirzakarimova, kapitan X.N.Berdiqulova, O‘zbekiston psixologlar assotsiaiyasidan “Oila va bolalar” psixologi Isakova Shoira, Xalq deputati Olmazor tumani kengashi deputati yoshlar siyosati xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha kommisiyasi raisi Zokirova Nilufar Hosilovna va o‘rinbosari Sharipova Nodira Toxirovna, Yoshlik talabalar shaharchasi hokimligi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis Rustamova Mo‘tabar Rovshanovna hamda fakultet xotin-qizlar kengashi raislari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va talaba-yoshlar ishtrok etdi.
Tadbirni O‘zMU XQK raisi Ra’no Rustamova ochib berib, ishtirokchilarga keyingi vaqtlarda mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish, bu hodisa jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, gender tengsizlikka barham berishga qaratilgan ikkita qonun, oltita normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani haqida ta’kidlab o‘tdi. Ma’ruzachilar o‘z nutqida gender tengligi, tazyiq va zo`ravonlikni oldini olish, zo‘ravonlikka qarshi hukumatning qarorlari, zo‘ravonlikka uchraganda 1146 — Ishonch telefoniga aloqaga chiqish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga qasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish va tezkor ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish maqsadida «AZIZ-AYOL.UZ» yagona interaktiv milliy platformasi muvofiqlashtirilganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar.
O‘zMU Axborot xizmati