Bordo universiteti bilan onlayn uchrashuv

2021-yilning 7-8 oktabr kunlari oʼkazilgan “Oʼzbekiston-Fransiya taʼlim forumi” da tashrif buyurgan Fransiyaning Bordo universiteti vakillarining shaxsiy tashabbuslari bilan O`zbekiston Milliy universiteti Siyosatshunoslik va Sotsiologiya yoʼnalishlarida hamkorlik oʼrnatish taklifi bilan chiqishgan edi.
Ikki universitet tegishli yo’nalishlarda konstruktiv hamkorlik o’rnatish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda Bordo universiteti xalqaro hamkorlik boʼlim boshligʼi Frédéric Bertrand bilan O’zbekiston Milliy universiteti Xalqaro hamkorlik boʼlimi xodimlari va Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Komiljon Inakovlar ishtirok etishdi.
Onlayn uchrashuv davomida Bordo universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolash, professor-oʼqituvchilarning malaka oshirish va stajirovkalarini Fransiyada tashkil qilish masalalari boʼyicha kelishib olindi. Bordo universiteti vakili fransuz talabalarini bir semestr mobaynida ingliz tilida oʼqitiladigan guruhlarda akademik mobillik dasturi orqali yuborish mumkinligini taklif qildi. Onlayn uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni olib borish uchun koordinatorlarni belgilab, universitet imkoniyatlarini yana batafsil koʼrib chiqishga kelishib oldilar.

O’zMU Axborot xizmati