Bosh qomusimiz- baxtimiz va huquqlarimiz kafolati!

2021-yil 6-dekabr kuni O’zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati “Bosh qomusimiz- baxtimiz va huquqlarimiz kafolati!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Taekvondo va sport faoliyati fakulteti dekani V.Sh Raximov ochib berdi. Bayram dasturida Konstitutsiyamizda ta’lim tizimi va uning kafolatlari aks ettirilgani hamda ta’limga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilganligi, jumladan, Konstitutsiyamizda har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, mustaqillik yillarida ta’lim sohasida bir qator islohotlar va yangiliklar amalga oshirilganligi, bu esa o‘z navbatida bir qator ijobiy o‘zgarishlarga va yangi tariximizni yaratishda o‘zining katta hissasini qo‘shganligi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirda fakultetning faol, iqtidorli talabalari o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan tadbir mehmonlari va ishtirokchilarida iliq taassurotlar qoldirdi.

O’zMU Axborot xizmati