Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlangan hamda davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bir guruh rektor va professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirish, akademik ilm-fanning rolini kuchaytirishda katta hissa qo‘shgan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga qabul qilingan hamda davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bir qator oliy ta’lim muassasalari rektor va professor-o‘qituvchilari e’tirof etildi.

Quvonarlisi, Prezidentimiz Farmoniga asosan “Shuhrat” medaliga sazovor bo’lgan O‘zMU professorlari Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna hamda Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna vazirlik tomonidan taqdirlandi.