Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida Kimyo fakulteti talaba-yoshlari uchun «Kino time» loyihasining ilk soni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyiha orqali talabalarga 2006-yilda kinorejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan ishlangan, Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekistondan ketib qolgan o‘zbekistonliklar hayotini aks ettirgan “Vatan” kinofilmi namoyish etildi.

Namoyishdan so’ng mazkur loyihada ishtirok etgan fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida kinofilmning mazmun-mohiyati, hamda tarbiyaviy ahamiyati borasida o‘zaro fikr almashildi.