Kuni kecha, Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi hamda YuNISEF xalqaro tashkiloti hamkorligida 19-mart – Butunjahon ijtimoiy ish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Har yili mart oyining uchinchi seshanbasida Butunjahon ijtimoiy ish kuni nishonlanib kelinadi. Ijtimoiy ish vakillarini birlashtirgan ushbu kasb bayramining tashabbuskorlari Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi hamda Xalqaro ijtimoiy ish maktablari assotsiatsiyasidir.
“Ijtimoiy ish” yo‘nalishi talabalari soha muammolariga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar bo‘yicha taqdimot qilishdi. Hay’at a’zolari loyihalarni ko‘rib chiqib, baholadi. G‘olib deb topilgan loyiha egalari YuNISEF xalqaro tashkiloti hamda universitet rahbariyatining sovg‘alari bilan taqdirlandi
YuNISEF – O‘zbekiston Milliy universitetining asosiy hamkor tashkilotlaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonda ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlash va xalqaro tajribani qo‘llashda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatib keladi.