Kafedra mudiri

BOLTAYEV SHERZOD TUYLIBOYEVICH
BOLTAYEV SHERZOD TUYLIBOYEVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

Davlat xavfsizligi bevosita milliy axborot resurslarining xavfsizligi bilan bog‘liq. Bu bog‘liqlik yil sayin ortib bormoqda, ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi milliy axborot resurslarini ishonchli himoyalashni talab etadi. Shu bois, axborot xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash respublikamiz uchun muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU rahbariyati tomonidan 2014 yil 25 sentyabrda «Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish» kafedrasi negizida «Axborot xavfsizligi» kafedrasi tashkil qilinib, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G.U.Jo‘raev kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi.
    2016 yil iyul oyida Axborot xavfsizligi» kafedrasi «Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari» kafedrasi bilan birlashib, «Matematik modellashtirish va kriptoanaliz» kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi.
    2018 yil oktyabr oyida «Matematik modellashtirish va kriptoanaliz» kafedrasi negizida «Axborot xavfsizligi» kafedrasi qayta tashkil qilindi. 2018 yil oktyabr oyidan 2020 yil avgust oyigacha fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent F.N.Ibragimov kafedra mudiri vazifasini bajardi.
    2020 yil sentyabr oyidan kafedrani fizika-matematika fanlari doktori Jo‘raev Gayrat Umarovich boshqarib kelmoqda.
    «Axborot xavfsizligi» kafedrasida 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 70610301 – Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) hamda 70610302 – Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha)  magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
    «Axborot xavfsizligi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari ilm-fanning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:

  •  Axborot xavfsizligining dolzarb muammolari;
  •  Kriptologiyaning fundamental muammolari;
  •  Algebra va algoritmlar nazariyalari;
  •  Murakkab jarayonlarni matematik modellashtirish.

    «Axborot xavfsizligi» kafedrasining yaratilishi hamda kafedrada o‘quv va ilmiy faoliyatlarni tashkil qilinishida kafedra professori, fizika-matematika fanlari doktori, marhum X.A.Muzafarovning  xizmatlari katta.
    Kafedrada xalq xo‘jaligining dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga ham katta e’tibor qaratilgan. Xususan, 2012-2017 yillar davomida profesor X.A.Muzafarov, dotsentlar G.U.Jo‘raev va M.X.Hakimovlar rahbarligida xavfsizligi sohasidagi 4 ta ilmiy loyihalar muvaffaqiyatli bajarilgan.
    T.f.d., professor A.V.Kabulov rahbarligida 2017-2020 yillarda BV-M-F4-004 – «Funksional jadvallar algebrasi asosida murakkab tizimlar boshqarishini algoritmlashtirish prinsiplarini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental hamda 2018-2020 yillarda OT-Atex-2018-486 – «Mantiqiy boshqaruv va axborot xavfsizligi tizimlarini dasturlashtirilgan mantiqiy kontrollerlar va ularni loyihalovchi avtomatlashtirilgan CAD mantiqiy tizimi asosida amalga oshirish» mavzusidagi amaliy loyihalar bajarilgan.
    «Axborot xavfsizligi» kafedrasida xalqaro ilmiy loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018-2019 yillarda t.f.d., professor A.R.Maraximov rahbarligida MRU-OT-30/2017 – «Zamonaviy superkompyuterlardan foydalanib, gazodinamika, filtratsiya va transport oqimi dinamikasi masalalarini yechish uchun yuqori aniqlikdagi hisoblash algoritmlari» mavzusidagi xalqaro ilmiy loyiha RFAning M.V.Keldыsh nomidagi Amaliy matematika instituti bilan hamkorlikda bajarilgan.
    2021 yildan f.-m.f.d. G.U.Jo‘raev rahbarligida Hindistonning Amaliy statitistika instituti bilan birgalikda UZB–Ind–2021–98 – «Oqimli shifrlash algoritmlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish» mavzusi bo‘yicha xalqaro ilmiy loyiha bajarilmoqda.
    Muzafarov Xafiz Azizovich 1948 yilda tug‘ilgan. 1970 yilda A.R.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutini injener-mexanik, 1980 yilda M.V.Lomonosov nomidagi MDUni amaliy matematika mutaxassisliklari bo‘yicha tugatgan.
    U 1982 yilda «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» ixtisosligi bo‘yicha «Qadam tashlab yuruvchi mashinalarni dinamikasini boshqarish» mavzusidagi nomzodlik, 1992 yilda «Matematik modellashtirish, sonli usullar va dasturlar majmuasi» ixtisosligi bo‘yicha «Matematik fizikaning ayrim masalalarini parallel hisoblash algoritmlarini qurish va ularni  ko‘pprotsessorli hisoblash tizimlarida amalga oshirish» mavzusidagi  doktorlik dissertatsiyasini yokladi.
    1992 yildan mehnat faoliyatini ToshDUda davom ettirdi. Dastlab «Matematik modellashtirish» ilmiy laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, 1994 yildan 1995 yilgacha mazkur laboratoriya mudiri lavozimida ishladi.
    Professor X.A.Muzafarov 1995 yildan «Hisoblash matematikasi» kafedrasi mudiri lavozimida ushbu kafedrani turli nomlar bilan 2012 yilgacha boshqardi.
    U 2000-2003 yillari O‘zMUning Kompyuter texnologiyalari fakultetining dekani lavozimida ushbu fakultetni boshqargan.
    Professor X.A.Muzafarov 2012 yildan «Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish», 2014 yildan  «Axborot xavfsizligi», 2016-2017 yillari «Matematik modellashtirish va kriptoanaliz» kafedralarining professori lavozimida ishladi.
    U pedagogik faoliyati davrida Matematik modellashtirish, Parallel hisoblash algoritmlari, Superkompyuter texnologiyalari kabi yangi o‘quv fani va maxsus kurslarni o‘quv jarayoniga kiritdi.
    Professor X.A.Muzafarov o‘z ilmiy faoliyatini qadam tashlab yuruvchi robotlar harakatini matematik modellashtirish masalalarini tadqiq qilishdan boshlagan. Ushbu tadqiqotlarning natijasida u fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.
    U 1980 yillarning o‘rtalaridan matematik fizika masalalarini yechishning parallel algoritmlarini yaratish hamda ularni transpyuter va larda ko‘pprotsessorli hisoblash tizimlarida amalga oshirish, murakkab ob’ekt va jarayonlarni matematik modellashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, 1992 yilda u fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    Professor X.A.Muzafarov 2010 yillardan boshlab, axborot xavfsizligining dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish ishlariga alohida e’tibor qaratdi. Shu bois, O‘zMUda «Axborot xavfsizligi» kafedrasining yaratilishi hamda kafedrada o‘quv va ilmiy faoliyatlarni tashkil qilinishida kafedra professori, marhum X.A.Muzafarovning ulushlari katta deb hisoblash mumkin. Uning rahbarligi va ishtirokida 2012-2017 yillari axborot xavfsizligining yopiq mavzulari bo‘yicha O‘zMUda 4 ta ilmiy loyiha muvaffaqiyatli bajarildi. Buning natijasida O‘zMU Axborotni himoyalashning kriptografik muhofazasi bo‘yicha Vakolatli organning litsenziyalariga ega bo‘lgan yagona oliy o‘quv yurti statusiga ega bo‘ldi.
    Uning bevosita ilmiy rahbarligida f.-m.f.d. G.U.Jo‘raev, dotsentlar M.Abduraimov va Sh.Allamuratovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Shuningdek, professor X.A.Muzafarov G.U.Jo‘raevning doktorlik dissertatsiyasiga ham  ilmiy maslahatchi bo‘lgan.

Kafedra tarkibi

KASIMOV NADIMULLA XABIBULLAYEVICH

Kasimov Nadimulla Xabibullayevich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
JURAYEV GAYRAT UMAROVICH

Jurayev Gayrat Umarovich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
KABULOV ANVAR VASILOVICH

Kabulov Anvar Vasilovich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
NORMATOV IBROXIMALI XOLMAMATOVICH

Normatov Ibroximali Xolmamatovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
FARMONOV BOBUR DAVRONOVICH

Farmonov Bobur Davronovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
BOZOROV OBIDJON NORQOBILOVICH

Bozorov Obidjon Norqobilovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
SAYMANOV ISLAMBEK MI‘RZABAEVICH

Saymanov Islambek Mi‘rzabaevich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ALAYEV RUHILLO HABIBOVICH

Alayev Ruhillo Habibovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ABDULLAYEV TIMUR RASHIDOVICH

Abdullayev Timur Rashidovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
JAVLIYEV SARVAR KURBONMIRATOVICH

Javliyev Sarvar Kurbonmiratovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Jo‘raev Gayrat Umarovich Fizika-matematika fanlari doktori, professor Axborot xavfsizligi bo‘yicha yopiq mavzu
2 Kabulov Anvar Vasilovich Texnika fanlari doktori, professor
3 Kasimov Nadimullo Habibullaevich Fizika-matematika fanlari doktori, professor
4 Normatov Ibrohimali Xolmamatovich Fizika-matematika fanlari doktori, professor v.b
5 Dadajanov Ruzmat Normatovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
6 Boltaev Sherzod Tuyliboevich Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b

 

Xalqaro hamkorlik

Axborot xavfsizligi kafedrasi quyidagi mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;

«UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlar markazi DUK;

Kiberxavfsizlik markazi DUK;

Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

O‘zbekiston Respublikasi «Sanoat qurilish banki»;

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti;

RFA Keldыsh nomidagi Amaliy matematika instituti;

Novosibirsk davlat universiteti;

Tomsk davlat universiteti (Rossiya federatsiyasi);

Qozon davlat universiteti;

Yevroosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston);

Hindiston statistika universiteti huzuridagi Kriptologiya va xavfsizlik markazi (Hindiston)