Kafedra mudiri

TULYAYEV AVAZBEK ILXOMOVICH
TULYAYEV AVAZBEK ILXOMOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Darajasiz

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

O‘zbekistonda jahon tilidagi etika va estetika fanlari asrlar davomida inson kamoloti jamiyat ravnaqi hamda davlat barqarorligiga xizmat qilib kelgan. Bu fanlarning taraqqiy etishida faylasuflar, adabiyotshunoslar, san’atshunoslarning xizmatlarini alohida ta’kidlash mumkin. Mamlakatimizda mazkur fanlarning yanada ravnaq topishida akdemik Ibrohim Mo‘minovning xizmatlari katta bo‘ldi. Ibrohim Mo‘minov 60-yillardan boshlab O‘zbekiston Fanlar Akademiiyasi tizimida estetika sektorini tashkil etdi. Unda dastlabki aspirantlar qabul qilindi va qator yoshlar Moskvaga o‘qishga jo‘natildi. Moskvaga borib ta’lim olgan talabalar estetika, falsafa, san’atshunoslik fanlari birikuvida yozilgan nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Mamlakatimizda etika va estetika fanlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, 1986 yilda Toshkent Davlat Universitetida alohida fakultetlararo «Etika va estetika» kafedrasi tashkil etildi.

Yigirma yildan ortiq faoliyati davomida kafedraga dastlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hojimurod Rasulov (1986-1988 yy), so‘ngra falsafa fanlari doktori, professor Mahmudjon Nurmatov (1988-1993 yy), falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ibodulla ergashev (1993-1994 yy), Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali (1994-1996 yy), dotsent Abdulla Sher (1996-1997 yy) falsafa fanlari doktori, professor Erkin Umarov (1997-2002 yy), dotsent Abdulla Sher (2004-2005 yy), falsafa fanlari doktori Oqnazar Qurbonmamadov (2005-2006 yy), falsafa fanlar nomzodi., dotsent Husanov Bahodir (2006-2017yy) lar rahbarlik qilganlar. 2017 – o‘quv yilidan buyon kafedraga falsafa fanlari nomzodi., professor La’lixon Ashuralievna Muhammadjonova rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra dastlab o‘z faoliyatini 7 o‘qituvchi bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 7 shtat birligida 9 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 3 ta fan nomzodi, 3 ta PhD, 3 ta katta o‘qituvchi, 2ta o‘qituvchi hamda 1 ta stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va 3 ta katta ilmiy hodimlar faoliyat olib bormoqda.

Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi estetika va etika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Hozirgi kunda 09.00.04-Yestetika ixtisosligi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy hodim asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 2000 yilda 5A220303-Yestetika mutaxassisligi, 2005 yilda 5A 220304-Etika mutaxassisligidan magistratura ochildi. 2011 yilda ushbu  mutaxassisliklar birlashtirilib, 5A 120503-Etika va estetika mutaxassisligi ochildi va unga iqtidorli talabalar qabul qilindi. 2020 yildan barcha soxalar birlashib 5A120501 Falsafa ( sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi ochildi va unga iqtidorli talabalar qabul qilindi.

Kafedra tarkibi

MUXAMEDJANOVA LALIXON ASHURALIYEVNA

Muxamedjanova Lalixon Ashuraliyevna

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
TANGIROV NIZOM ABDURAXMONOVICH

Tangirov Nizom Abduraxmonovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
AGZAMOVA NILYUFAR SHUXRATOVNA

Agzamova Nilyufar Shuxratovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
MUXAMMADIYEVA OYNISA MUSTAFAKULOVNA

Muxammadiyeva Oynisa Mustafakulovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
SHADIMETOVA GULCHEXRA MAMUROVNA

Shadimetova Gulchexra Mamurovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ARZIQULOV ELBOY AZIM O‘G‘LI

Arziqulov Elboy Azim o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
RAXMATOVA YULDUZ IRGASHEVNA

Raxmatova Yulduz Irgashevna

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

   Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Muxamedjanova Lalixon Ashuralievna Kafedra mudiri, f.f.n., professor Ma’rifatparvar shoiralar Dilshodi Barno va Anbar otinning Ijtimoiy axloqiy qarashlari
2 Qodirova Dilbar Salixovna f.f.n.,v.b. professor San’atning umumnazariy masalalarida estetik me’yor va mezonlar tahlili.
3 Agzamova Nilufar Shuxratovna f.f.n., v.b. Professor Mesto muzыki v esteticheskoy konsepsii vostochnыx peripatetikov (na primere tvorchestva  Al Farabi i Ibn Sina)
4 Shodimetova Gulchehra Mamurovna Katta o‘qituvchi., PhD Milliy bayramlarning  estetik xususiyatlari
5 Tulyaev Avaz Ilxamovich Katta o‘qituvchi., PhD Virtual olamning axloqiy muammolari
(falsafiy tahlil)
6 Abduazimova Zarina Amirovna Katta o‘qituvchi., PhD “Globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirishga konseptual yondashuv”
7 Xalilov Raufjon Raximjon o‘g‘li Tayan doktarant Bunyodkorlik- milliy yestetik taraqqiyot fenomini
8 Qipchoqov Xamidjon G‘ulomovich Tayan doktarant Davlat xizmatchilari faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning axloqiy asoslari
9 Nurullaeva Zulxumor Sidamatovna Tayan doktarant Maqom sanatining badiiy yestetik mohiyati
10 Rajabov Shuhrat Sheralievich Tayan doktarant Shaxs yestetik yehtiyojlarining kibermakondagi transformatsiyasi
11 Alimov Sardor Komil o‘g‘li Tayan doktarant Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit transformatsiyasi omili sifatida
12 Sherova Dilorom Abdullaevna Mustaqil tadqiqotchi Uyg‘unlikning falsafiy-yestetik  hususuiytlari (Me’morlik sanati misolida)
13 Xudoyqulov Do‘stmurod Xidirovich Mustaqil tadqiqotchi Sohibqiron Amir Temur axloq falsafasining zamonaviy talqini
14 Toshpolatova Shirin Muxitdinovna Mustaqil tadqiqotchi Davlat xizmatchisini tayyorlashda kasbiy-axloqiy kompitentlikni shakllantirishga konseptual yondashuv

Xalqaro hamkorlik